Messining xonasi muzeyga aylantiriladi – OAV

Qatar jahon chempionati vaqtida Messi yashagan xonani muzeyga aylantirmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Futbol bo‘yicha jahon chempionati vaqtida Argentina terma jamoasi qarorgohi bo‘lgan Qatar universiteti binosidagi Lionel Messi yashagan xona muzeyga aylantiriladi. Bu haqda RMC Sport xabar berdi.
B201 raqamli xona yaqin haftalarda muzeyga aylantiriladi. Unda ikkita bir kishilik karavot, stol, kreslolar, televizor va sariq yostiqli kulrang divan bor. Eshikda L. Messi yozuvi va Argentina bayrog‘i tushirilgan taxtacha ilingan.
18 dekabr kuni Argentina terma jamoasi finalda Fransiyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, tarixda uchinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Birinchi marta jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Messi dubl qayd etdi va turnirning eng yaxshi futbolchisi sifatida ham e’tirof etildi.