TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Magistral gaz uzatish tizimini modernizatsiya qilish va samaradorligini oshirish dasturi doirasida 95 kilometr uzunlikdagi yangi “Yangiyer-Ohangaron” magistral gaz quvuri qurilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bugungi kunda obyekt qurilishi uchun 47 kilometrdan ortiq quvur olib kelingan va 6 kilometr qismi montaj qilingan. Yangi magistral gaz quvuri 2023-yilning uchinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Vazirlikka ko‘ra, mazkur gaz quvuri ishga tushgach, vodiy viloyatlarining gaz ta’minoti yanada yaxshilanishiga erishiladi.