TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Turizm va madaniy meros vazirligi qo‘shimcha dam olish kunlari uchun madaniy meros obyektlari va muzeylarga chegirmalar e’lon qildi.
“Maqsad qo‘shimcha dam olish kunlarida respublika aholisining “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida maroqli dam olishini ta’minlash, har bir mahalliy sayyohga yurtimizdagi muzeylar va boshqa madaniy meros obyektlariga sayohat qilish imkonini yaratish va bu orqali ichki turizm ko‘lamini yanada kengaytirishdir”, - deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni hisoblash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra 2023-yilda qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan.
Qo‘shimcha dam olish kunlarida madaniy meros obyektlari va muzeylarga chegirmalar haqida quyidagi havolada tanishishingiz mumkin.