Bu yil O‘zbekistonda qancha pul chop etildi?

O‘zbekistonda yil davomida naqd pul massasi 20 foizga ko‘paydi.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2022-yilda 22 trln so‘m atrofida pul chop etildi. Bu haqda Markaziy bank raisi o‘rinbosari Behzod Hamrayev Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida aytib o‘tildi.
“Bu yil O‘zbekistonda naqd pul massasi 20 foizga oshib, muomaladagi pul 42-43 trln so‘mga yetadi”, - deydi Hamrayev qancha pul chiqarilgani haqidagi savolga javoban.
Uning aytishicha, shu yil birgina may oyida aholi bankka 1 mlrd dollar sotgan. O‘shanda talabni qondirish uchun 10 trln so‘m muomalaga chiqarilgan va keyinroq uning bir qismi qaytarilgan.

“Umuman olganda yil davomida 22 trillion so‘m atrofida pul chop etilgan. Shundan 16 trillioni muomalada qolgan”, - deydi MB raisi o‘rinbosari.

Avvalroq O‘zbekistonda 26-dekabridan boshlab 1000 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilishi xabar qilingan edi.