AQSh Rossiyaga zarba berib, o‘zi jazosiz qolish yo‘llarini izlayapti

Katolik Rojdestvo - “Sokin tun, muqaddas tun...”- arafasida, RAND (Amerikaning harbiy idoralariga xizmat qiluvchi tahlil markazi) AQShning Rossiya bilan to‘qnashuvida eskalatsiya strategiyasi yozilgan hisobotini e’lon qildi.
Sputnik
Qizig‘i shundaki, Ukraina ishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar olib borishga chaqiruvchi G‘arb siyosiy “kabutarlari” baland ovozda qichqirayotganiga qaramay, AQSh harbiylari Yevropadagi mojaroni muzlatishga emas, balki uni yanada kuchaytirishga hozirlik ko‘rishmoqda. Bundan ham qizig‘i, ular bu keskinlikni qanday boshqarishni rejalashtirmoqda.
Ushbu inqirozda Vashingtonning asosiy vazifasi, RAND tahlilchilarining ta’biri bilan aytganda, Rossiyani “jazolash emas”, balki “jilovlash”. Ammo buni shunday qilish kerakki, Rossiyaning o‘z yadroviy qurolini ishlatishga imkoni qolmasin va vaziyat Rossiya hamda NATO o‘rtasida keng miqyosdagi urushga aylanib ketmasin.
RAND hisoboti mamlakatimizni Ukrainadagi mojaroni kuchayishida mas’ul sifatida tayinlamoqda. Bu shunday klassik tashviqot yondashuvi bo‘lib, Amerikaning barcha provokatsiyalarini oldindan afsonaviyga aylantiradi. Hammasi xuddi Zaporojye AES bilan bo‘lganidek: uni Ukraina Qurolli Kuchlari portlatgan, amerikaliklar esa bu paytda dunyo axborot maydoniga Rossiya tomonga ayblovlar yog‘dirayotgan edi.
Bundan “tahlil” vazifalaridan biri- Rossiya birinchi bo‘lib eskalatsiya boshlashi haqida o‘quvchilar ongiga quyish. Buning doirasida, amerikaliklarning qilgan barcha ishlari o‘zi va NATO bo‘yicha ittifoqdoshlarini “himoya qilish choralari” sifatida ko‘riladi.
Amerikalik ekspertlar Rossiya AQSh hududiga zarba berishi mumkinligini hisobga olishmayapti. Ularning fikricha, ssenariylar umuman boshqacha bo‘ladi. Bu borada ularning fikriga qo‘shilmaslik mumkin emas. Moskva tomonidan ommaviy qirg‘in qurollaridan foydalanish varianti - yadroviy, biologik yoki kimoviy - ham tadqiqot doirasidan chiqarildi.
Hisobot mualliflari Rossiya qo‘shinlarining NATOga a’zo bo‘lgan Yevropa davlatlari hududiga yoki AQSh va NATO harbiy obyektlariga, shu jumladan, koinotda joylashgan harbiy obyektlariga favqulodda cheklangan yadrosiz zarba berishini muhokama qilishmoqda.
Eskalatsiya ssenariysi uchta aktni taxmin qilmoqda. Birinchi qadam – Rossiyaning AQShning NATO bo‘yicha ittifoqdoshlariga nazariy hujumi. Ikkinchisi – Vashingtonning bunga munosabati. Uchinchisi – Moskvaning o‘sha munosabatga munosabati.
Tabiiyki, amerikaliklar uchun asosiy qadam ikkinchisi hisoblanadi. Bir tomondan, Vashington ittifoqdoshlariga NATO Nizomining beshinchi moddasi ishlayotganini va Sem amaki har doim o‘z yevropalik vassallarini himoya qilishga tayyorligini namoyish qilmoqchi. Boshqa tomondan, ikkinchi yo‘lni shunday amalga oshirish kerakki, Rossiyani keyingi eskalatsiyaga olib bormaslik kerak.
“AQShning urushdagi siyosatidan ko‘zlangan maqsad NATO va Rossiya o‘rtasidagi urushning oldini olish edi, Rossiyaning NATOga cheklangan hujumi bu maqsadni inkor etmaydi”, - deya eslatishmoqda hisobot mualliflari.
Harbiy harakatlarning to‘rtta ssenariysi ko‘rib chiqilmoqda. Birinchisi, Rossiya, aytaylik, Polshadagi ombor yoki bo‘sh aerodromga raketa hujumi uyushtiradi va bir vaqtning o‘zida Vashingtondan Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishni ommaviy ravishda talab qiladi. AQSh qanday munosabatda bo‘lishi kerak?
NATO bo‘yicha ittifoqdosh kinetik harakatlarni talab qiladi- amerikancha yangi tilda bu raketa-bomba zarbalari va umuman harbiy harakatlarni anglatadi. Biroq, Rossiya hududiga nisbatan mutanosib bo‘lmagan kinetik zarba deyarli muqarrar ravishda mojaroning yanada kuchayishiga olib keladi. Infratuzilmaga qarshi halokatli kiberhujumlar ham xuddi shunday xavfli. Yangi iqtisodiy sanksiyalar nafaqat Rossiya, balki boshqa davlatlar uchun ham muammolarga olib keladi.
Bu variantda RAND tahlilchilari AQShning ehtimoliy javob munosabatini faqat diplomatik bosim va iqtisodiy choralarda ko‘rmoqda. Biroq, bunda jabrlanuvchi mamlakat- NATO a’zosining noroziligi muqarrar va bu ittifoqdoshlar orasida ixtilofga olib kelishi mumkin. Rossiya hududiga simmetrik cheklangan raketa hujumi ham “kamroq kuchayuvchi” choralardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Ikkinchi variant –aniq maqsadli hujum, masalan, Amerikaning koinotdagi sun’iy yo‘ldoshlarini yo‘q qilish. Sun’iy yo‘ldoshlarga hujum qilingan platformalarga AQShning hujumi odamlarning qurbon bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, Rossiyadagi nishonlarga ochiq hujum yanada kuchayishi ehtimoli yuqori.
Xullas, vaziyat NATO Nizomining 5 moddasini ishga tushirish va ittifoqdoshlar bilan bahslashmaslik bilangina yengillashishi mumkin. Bunda AQShning birinchi variantga qaraganda erkinligi ko‘proq. RAND tahlilchilarining fikricha, bunda Rossiyaga nokinetik (ya’ni harbiy bo‘lmagan) hujumlarning keng spektirini – propagandistik ayblov, diplomatik bosim va iqtisodiy sanksiyalar bilan cheklanish mumkin.

Uchinchi variant – bu aniq maqsadli hujum. Bunda Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib beruvchi Polsha va Ruminiyadagi uchta aviabazaga raketa zarbalari berishi taxmin qilinmoqda. Askarlar va tinch aholi halok bo‘ladi.

Bunda endi nokinetik choralar (ya’ni diplomatiya va sanksiyalar) shunchaki yordam bo‘ladi xolos. Asosiy urg‘u kinetik harakatlarga beriladi – ya’ni Rossiya hududiga raketa zarbalari. Kamroq mutanosib kinetik zarba intensiv kinetik bo‘lmagan harakatlar, xususan, Ukraina mavzusida diplomatik muloqot o‘rnatish bilan birga bo‘lishi kerak. AQSh Moskvaga Ukrainadagi mojaro alohida, NATO bilan qarama-qarshilik esa butunlay alohida mavzu ekanligini tushuntirishi kerak.
“Ancha mutanosib” variantlar , ya’ni Rossiya hududiga bo‘ladigan kinetik zarbalardan o‘tadigan choralar ham ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga biror narsaga erishish kerakki, Moskvada bu zarbalar - go‘yoki AQSh va NATOga keng ko‘lamli jang ekanligi borasida tasavvur shakllanmasligi kerak. “Bu maqsadda Qo‘shma Shtatlar qo‘mondonlik va nazorat markazlari, bombardimonchilar bazalari yoki erta ogohlantiruvchi radarlarni nishonga olishdan qochishi lozim”.
To‘rtinchi ssenariyda Rossiyaning Yevropadagi AQSh harbiy bazalariga, jumladan, Ramshteyn bazasi va Rotterdam portiga ommaviy (yoki “kamroq cheklangan”) hujumi ko‘rsatilgan. Hammasi bo‘lib, ham harbiy, ham tinch aholidan ikki yuzga yaqin qurbon.
Bunda Amerika rahbariyati murakkab vazifani hal qilishi kerak - o‘z harakatlari bilan Moskvani ikkita mag‘lubiyatni tanlash oldida turganiga ishontirishi lozim. Keyinchalik eskalatsiya bo‘lgan taqdirda, u NATOga qarshi urushda mag‘lubiyatga uchraydi. G‘arb qurollarini yetkazib berishni to‘xtata olmay, “zarbani o‘tkazib yuborsa”, Ukrainada yutqazadi.
Javob sifatida RAND tahlilchilari Rossiyaning yangi hududlariga, go‘yoki Vashington u yerlarni Ukrainaniki deb hisoblaydi degan bahona bilan zarbalar berish. Yetarli darajada kuchli bo‘lmagan zarba ittifoqdoshlar tomonidan AQShning kuchsizligi va NATO a’zolarini himoya qilishni istamasligi kabi ko‘rinadi. Va shu bilan birga, zarbalar berib, yana shunday ish qilish kerakki, Moskva bularni NATO bilan urush deb qabul qilmasin. Chunki bu go‘yoki amerikalik strateglarning rejalariga kirmaydi.
Rossiyaning yadroviy qurollarga egaligi ham vaziyatni murakkablashtiradi: “Moskvaning yadroviy quroldan foydalanish ehtimoli Rossiyaning har qanday eskalatsiyasiga javob berishda asosiy rolni o‘ynaydi”.
AQShda harbiy eskalatsiyani boshqarish – bu katta ilm-fan, unga eskpertlar, tahlilchilar, institutlar xizmat qiladi. Bizning strategik dushmanimiz qanday fikr qilishini kuzatish qiziq. Shunday qilib biz shaxmat o‘ynab turib raqibga: “agar sen shu yerga kelsang, men bu yerdaman, agar shunday yo‘l tutsang, men bunday qilaman”, deyayotgandekmiz.
Yana bir masala: bunday matnlarda yolg‘on ma’lumot va propaganda miqyosi yanada hayratlantiradi. Birinchidan, hattoki eng sodda insonlarga ham ma’lumki, NATO bilan urushga nafaqat yaqin qoldi, balki aslida u to‘laligicha davom etmoqda. Qurollar yetkazib berish, Ukraina harbiylarini tayyorlash, minglab yollanma askarlar, fantastik miqyosdagi pul yordamlari, Rossiyaga qarshi nafrat- gibrid urushda nimadan foydalanish mumkin bo‘lsa, raqiblarimiz barchasini ishga soldi. Ularning Rossiya hududiga va harbiylariga raketa zarbalarini bermaslik g‘oyasi go‘yoki Moskvaga bosim o‘tkazish vositasi sifatida qaraladi.
Ikkinchidan, bunda Rossiyani zo‘r berib urush alangalatuvchisi sifatida ko‘rsatishga chiranishmoqda, garchi, mamlakatimizga mojaroning kuchayishi mutlaqo kerak bo‘lmasada. U aslida AQSh demokratik partiyasining qirg‘iylariga kerak. Ular bu yo‘l bilan g‘aznadan katta –katta pullarni o‘zlashtirishni maqsad qilishgan. Agar mojaro tugasa, - u yerda tergovlar, surishtiruvlar boshlanadi, va aniq mansabdorlarga “katta –katta muddatlar” ham belgilanishi mumkin. Hozircha demokratik partiya mamlakatga hukmronlik qilar ekan, unga o‘z jangarilarini Yevropadagi eskalatsiyaga jalb qilish foydali. Urush hammasini o‘zi hisob-kitob qiladi.
Sezapsizmi, Rossiyaning NATO hududlariga belgilab qo‘ygan nazariy rejalari naqadar sun’iy va cheklangan. Gap shundaki, bu Rossiyaning maqsadlari emas. Bular AQSh armiyasini eng oson tashkil etadigan maydonlar, bu holda ularning provokatsiyalari. Agar biror narsa bo‘lsa, ukrainaliklar ularga bu masalada yordam berishadi.

Butun RAND hisoboti NATOga a’zo bo‘lgan Yevropa davlati hududida Amerika provokatsiyasini rejalashtirishga, bunda darhol Rossiyani ayblashga va buni o‘z hujumi uchun bahona qilishga urinishdek ko‘rinadi. Bu aerodrom yoki harbiy bazada, portda yoki qurol omborida portlash bo‘lishi mumkin.

Agar tarixni eslasak, deyarli barcha amerikancha tajovuz keng qamrovli provokatsiyalardan boshlangan. Bu borada Vashington rejimi Gitlerdan saboq olgan, saboq olganda ham a’lo baholarga o‘qigan. Bu soxta hujumlar son-sanoqsiz – “Meyn” kreyseridan tortib Tonkin ko‘rfazidagi voqeagacha, Saddam Husaynning biologik qurollaridan tortib, ularning ishonchli kazaklari qo‘llari bilan Zaporojye atom elektr stansiyasini portlatishga urinishlarigacha.
RANDning so‘nggi hisoboti, mohiyatiga ko‘ra, NATOga a’zo davlatlar hududida bunday provokatsiyalarni amalga oshirish uchun yaxshi yozilgan reja. Polsha kabi davlatlar o‘z hududlarini ham, fuqarolarini ham amerikalik xo‘jayinlarning to‘liq ixtiyoriga berishdan boshi ko‘kka yetadi. Hech qanday qurbonlar ularni to‘xtata olmaydi.
Faqat bir masala: amerikalik strateglarni Rossiyani keng qamrovli qurolli to‘qnashuvga gij-gijlashga qurbi yetadimi? “Bugun dushmanimizni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan yagona jihat - bu Rossiya Federatsiyasining yadroviy to‘siq bo‘yicha davlat siyosati asoslariga amal qilishini tushunish”, — deydi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev yaqinda chop etilgan maqolasida. -Va agar haqiqiy tahdid bo‘lsa, u ularga teskari harakat qiladi. Muammo shundaki, bu holda hech kim bu nima ekanini - javob yoki profilaktik zarba ekanligini aniqlay olmaydi.”.