TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Yangi yil bayramini ishda kutib oluvchi insonlar hodisalarga xotirjam, obyektiv va oqilona munosabatda bo‘lishlari va bunga fojia sifatida qaramasliklari kerak. Bu haqda psixoterapevt-shifokor Diana Genvarskaya RIA Novostiga ma’lum qildi.
Mutaxassislar Yangi yil arafasida ishlashga majbur bo‘lgan insonlarga vaziyatning ijobiy tomonlarini izlash va uni falokatga aylantirmaslikni maslahat berishmoqda.
Yangi yil bayramlarida, iloji bo‘lsa, inson har qanday ish vazifalaridan o‘zini ozod qilishi va yaxshi dam olish uchun vaqt ajratishi kerak.
“Hamma dam olayotganda ishlash bu psixika uchun zararli, chunki hamma ham dam olishdan ishga o‘tish qobiliyatiga ega emas va bu ikki qarama-qarshi holat”, deydi Genvarskaya.
Qayd etilishicha, hodisalarga xotirjam, obyektiv va oqilona munosabatda bo‘lish va bunga fojia sifatida yondoshmaslik kerak.
“Vaziyat haqidagi fikringizni o‘zgartirish uchun jiddiy ofatlar ro‘yxatini tuzish yordam beradi, buning fonida dam olish kunlari ishlashga borish endi unchalik ahamiyatli va og‘riqli ko‘rinmaydi”, deyiladi xabarda.
O‘z navbatida, dam olish kunlarida ishlash uchun inson o‘zini maqtashi ham tavsiya etilmoqda.
“Inson dam olish kunida ishlagani uchun u ikki baravar pul oladi, keyin bu pulga zavq bilan dam olishi, o‘zi uchun biror narsa sotib olishi mumkin”, deydi pisxolog.
Mutaxassislar yangi yilni ishda kutib olgan insonlarga, uyga qaytganda bayramni qayta nishonlashni maslahat bermoqda.