Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanparvarlik oyligi” o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31-yilligi bayramini keng nishonlash maqsadida “Vatanparvarlik oyligi” o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Mudofaa vazirligi Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 31-yilligi bayramini keng nishonlash maqsadida bir qator tadbirlarni o‘tkazadi. Bu haqda OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Anjumanda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan harbiy-vatanparvarlik va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.
Mudofaa vazirligi
Oylik davomida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
“Mard askar – yoshlarga namuna!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbirlari;
Harbiy qism va muassasalarda ochiq eshiklar kuni;
Toshkent shahri va viloyatlardagi muzeylarga ekskursiyalar;
“Askar onalarini sharaflaymiz”;
“Mening akam – Vatan himoyachisi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar;
“Qahramonlar nomi barhayot!” mavzusida davra suhbatlari;
“Ma’naviyat karvonlari” tashrifini amalga oshirish;
Umumta’lim maktablarida “Vatanparvarlik darslari”.
Turli tanlov va bellashuvlar:
o‘quvchi yoshlar o‘rtasida:
“Posboniman muqaddas yurtning” mavzusida insho va she’riy asarlar tanlovi;
“Mening armiyam – mening faxrim!” mavzusida “Eng yaxshi tasviriy san’at asari” tanlovi.
harbiy xizmatchilar, mahalliy aholi va yoshlar o‘rtasida:
Harbiy-ma’muriy sektor rahbarining sovrini uchun “Amir Temur o‘g‘lonlari”;
“Jaloliddin Manguberdi vorislari”;
“To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovlar;
sportning ommaviy turlari bo‘yicha sport musobaqalar;
harbiy-vatanparvarlik festivallar.