Turkman qulonlari Borsakelmas qo‘riqxonasiga ko‘chiriladi - foto

Qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborilgan qulonlar qo‘riqxona xodimlari tomonidan yashash joylari va tarzi doimiy monitoring qilib boriladi.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Turkman qulonlari Borsakelmas davlat buyurtma qo‘riqxonasiga ko‘chiriladi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, u yerga 50 bosh turkman qulonlarini ko‘chirish rejalashtirilgan.

"Hozirda Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigidan 18 bosh turkman quloni Sudochye-Akpetki davlat buyurtma qo‘riqxonasiga ko‘chirildi. Qulonlarni ko‘chirish ishlari “Mo‘ynoq kelajak bunyodkorlari” bilan imzolangan shartnomaga asosan amalga oshirildi", deyiladi xabarda.

Qo‘riqxona hududiga qo‘yib yuborilgan qulonlar qo‘riqxona xodimlari tomonidan yashash joylari va tarzi doimiy monitoring qilib boriladi.
Ma’lumot uchun, turkman quloni tekisliklar, past-baland cho‘llar va yarim cho‘llar, tog‘ etaklarida yashaydi. Ular boshoqli ekinlar, shuvoq, sho‘ra kabi o‘simliklar bilan oziqlanadi. Ular O‘zbekistonning Qizil kitobiga kiritilgan.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5