TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari Doneskning aholi turar joylarini o‘qqa tutgan – AQShda ishlab chiqarilgan Ukraina M777 artilleriya tizimini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Netaylovo aholi punkti yaqinida o‘t ochildi va Donesk shahrining aholi punktlarini o‘qqa tutgan AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi”, - deyiladi vazirlik bayonotida.
Zaporojye viloyatida yana bir shunga o‘xshash tizim yo‘q qilingan.
155 mm kalibrli artilleriya NATO davlatlari tomonidan qo‘llaniladi. Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 155 mm kalibrli uzoq masofali M777 gaubitsalarini yetkazib berdi, Ukraina qo‘shinlari ulardan Donesk va Lugansk xalq respublikalari shaharlarini o‘qqa tutishda faol foydalanmoqda.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.