Qishki ta’tilda onlayn olimpiadalar tashkil etiladi

Maktab o‘quvchilari ta’til vaqtida onlayn olimpiadalarda ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi - tafsilotlar.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Qishki ta’tilda maktab o‘quvchilari uchun onlayn olimpiadalar tashkil etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, onlayn olimpiadalar oo.uzedu.uz tizimida 28-dekabrdan 5-yanvarga qadar tashkil etiladi. Mazkur tizimda tashkil etiladigan onlayn olimpiadalarda ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilarni maktab tomonidan tasdiqlanishi bekor qilindi.
“Endilikda istalgan foydalanuvchilar tizimdan ro‘yxatdan o‘tib onlayn olimpiadalarda ishtirok etishlari va o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin”, deyiladi xabarda.
O‘quvchilar olimpiadalarda kun davomida soat 10:00 dan 19:00 ga qadar ishtirok etishlari mumkin.
Onlayn olimpiadalar taqvimi
Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini kurish va yuklab olish jarayoni soat 23:00 dan keyin boshlanadi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish shart. Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi va unda ishtirok etish mutlaqo bepul.