TOShKENT, 27 dek — Sputnik. “O‘zbekfilm” va "Lenfilm" bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan ertak-filmlar suratga olishga kelib oldi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Moskvada "O‘zbekfilm" kinokonserni" Bosh direktori Baxodir Odilov hamda "Lenfilm" kinostudiyasi Bosh direktori Fodor Sherbakov o‘rtasida o‘zaro manfaatli shartnoma imzolandi.
“O‘zbekfilm” va "Lenfilm"
© Kinematografiya agentligi
"Lenfilm" studiyasi rahbarining fikricha, o‘zbek kinoijodkorlari bilan birgalikda bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan ertak-filmlar suratga olishda hamkorlik manfaatli bo‘ladi.
“Bu kelishuv tomonlarga ijodiy kayfiyat bag‘ishlashiga ishonamiz”, deydi Sherbakov.
Kelishuvga ko‘ra, studiyalar aro amalga oshirilayotgan kinoloihalardagi lokatsiyalar, texnika hamda kadrlar tayyorlash masalasida hamkorlik ko‘zda tutilmoqda.