Maxsus operatsiya koinotni qamrab olmoqda: UQK “aloqa boshlig‘i” – Ilon Mask

Rossiya maxsus operatsiyasining Ukraina harbiy harakatlar teatridagi jarayonlarida Starlink global sputnik interneti sistemasi aslida Pentagon, NATO va UQK ning harbiy boshqaruv aloqalar asosi ekani ma’lum bo‘ldi.
Sputnik
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning 21-dekabr kuni harbiy idoraning kengaytirilgan majlisida ma’lum qilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari manfaatlari yo‘lida AQSh va NATOning 500 ta sun’iy yo‘ldoshlari, jumladan, 70 nafardan ortiq harbiylar faoliyat yuritadi. Bu guruh Ukraina Qurolli kuchlariga NATOdan razvedka ma’lumotlarini onlayn tarzda olish va hozircha 815 kilometrlik “front” chizig‘ida “buzilmas” aloqa va boshqaruv tizimiga ega bo‘lishga imkon yaratib bermoqda.
Rossiya Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Valeriy Gerasimov bir kundan so‘ng AQSh va uning ittifoqdoshlariga mojaroni uzaytirish uchun asta-sekin Kiyevga harbiy yordam hajmini ko‘paytirayotganini qo‘shimcha qildi. Harbiy yordamning umumiy hajmi deyarli 100 mlrd dollarga yetdi.
Saratov viloyatida 26-dekabr kuni urib tushirilgan amerikalik mutaxassislar tomonidan modifikatsiyalangan UQK uchuvchisiz apparati Engels aerodromiga zarba berishi kerak edi. Va sun’iy yo‘ldosh yo‘l ko‘rsatkichisiz buning iloji yo‘q edi. Aslida bu bilan AQSh va NATO ukrainlar qo‘li bilan Rossiyaning yadroviy triadasiga musht o‘qtadi. Moskva G‘arbning qo‘g‘irchoq Kiyev rejimiga “kosmik” harbiy yordamida nima qilishi kerak? Albatta, maxsus harbiy operatsiyani mantiqan yakuniga yetkazish lozim. Shuningdek, Ukraina harbiy harakatlar teatrida keyinchalik uchun ham dushmanning sun’iy yo‘ldosh guruhini “nollashtiradigan” assimetrik choralarni ishlab chiqishi zarur.
Vazifalarning ustuvorligiga shubha yo‘q. Amerikaning Space Exploration Technologies Corp kompaniyasi bilan Kiyevning Starlink sun’iy yo‘ldosh internetining 10 mingdan ortiq terminalini yetkazib berish to‘g‘risida yaqinda tuzgan shartnomasi shuni anglatadaki, UQK 2023-yilning boshida (avvalroq yetkazib berilgan 5 mingta terminalga qo‘shimcha ravishda) yangi terminallarga ega bo‘lishi mumkin. Mablag‘ni YeI mamlakatlari ajratmoqda va u kam emas: “yerdagi” apparat eng kamida 550 dollar turadi. Barcha partiya Yevropadagi soliq to‘lovchilariga 5,5 million dollar, yana har oy uchun 15 ming terminallarni ishga tushirish uchun 1,65 mlnga tushadi.
Starlink sistemasi shaxsiy tashabbus sifatida ko‘riladi, biroq Pentagonning subpudratiga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh interneti jangovar boshqaruv tizimiga aylantirilmoqda, tadbirkor Ilon Mask esa, de-fakto Ukrainadagi harbiy harakatlar teatrida UQK uchun xorijiy yollanma askarga aylanmoqda. O‘zi va Starlink uchun barcha ehtimoliy salbiy oqibatlari bilan. Avvalroq Rossiya TIV vakili Konstantin Voronsov BMT minbaridan turib AQShning tijoriy sun’iy yo‘ldoshlarini agar ulardan qurolli mojarolarda foydalanilsa harbiy nishon bo‘lishini aytgan edi: “Go‘yoki fuqarolik infratuzilmasi javob zarbasi uchun qonuniy nishonga aylanishi mumkin”.
Starlink nima?
Avvalida Starlink fuqarolik tizimi go‘yoki dengizchilar, sayohatchilar, uzoq joylashgan tumanlar va “avtokratik rejim” mamlakatlar aholisi uchun yaratilgan. O‘ylashimcha, xuddi internet bilan bog‘liq bo‘lgani kabi, Starlink asosida Pentagon turibdi. Barqaror aloqa - jangovar boshqaruv asosi hisoblanadi. To‘g‘ri, Starlink sun’iy yo‘ldoshlarining xizmat muddati atigi besh yil.
Global internet tizimining strukturasi uchta asosiy tarkib: quyi orbitadagi (300-600km) sun’iy yo‘ldoshlar guruhlari (bugungi kunda -2300 dan ortiq apparat-retranslyatorlar), yerusti stansiyalari tarmoqlari (dunyo o‘rgimchak turi bilan birlashtirish uchun) va foydalanuvchi terminallari (ular stansiyalardan 1000 km gacha radiusda joylashgan). Shartli ravishda Ukraina qurolli kuchlarining Donbassdagi terminallari Lvov viloyatidagi stansiyaga sun’iy yo‘ldosh orqali ulangan. Quyi orbita signal barqarorligini ta’minlaydi, Starlink ning o‘rtacha yuklab olish tezligi 105 mbit/soniya. Ba’zi raqobatdosh tizimlar 35 000 km gacha orbitaga ega.
Hajmi 260 kgcha bo‘lgan 1-avlod Sputnigi ma’lumotlarni Yerga yetkazish uchun to‘rtta faza panjarali antenna bilan jihozlangan. Orbitadagi mustaqil manyovr avtonom navigatsiya tizimi va ishchi suyuqlik sifatida kriptonli Xoll effektli ion tirgovichlari bilan ta’minlanadi. Apparatlar muntazam modifikatsiyalanadi, o‘rta istiqbollarda guruh 7000 mingga, so‘nggida 42000 sun’iy yo‘ldoshlarga yetadi. Bitta orbital apparat narxi - 500 ming dollargacha.
Starlink sistemasidan Yer yuzida Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropaning 29 ta mamlakatari, shuningdek, Avstraliya foydalanadi. Ukrainada aprel boshida AQShning xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) tomonidan taqdim etilgan ilk 5000 ta terminallar paydo bo‘lgan. Starlink tizimi iste’molchi (Ukraina Qurolli Kuchlari) va razvedka markazlari (Pentagon va NATO) o‘rtasida ancha barqaror aloqani ta’minlaydi, hattoki Ukrainadagi harbiy harakatlar teatridagi radioelektron to‘qnashuvlar sharoitida ham. Fox News ma’lumotlariga ko‘ra: “Sun’iy yo‘ldoshlar Ukraina qo‘shinlarining quruqlikdagi va front chizig‘i bo‘ylab aloqalari uchun juda muhim ekanligini isbotladi”. AQSh va Yevropa Ittifoqidan qadimiy qurollarni yetkazib berish emas, balki Ukraina Qurolli kuchlarining NATO razvedka ma’lumotlariga kirishi, Pentagon shtab-kvartirasining onlayn maslahatlashuvlari va G‘arbning boshqa proksi yordami Kiyev rejimiga jangovar harakatlarni davom ettirishga imkon beradi.
Starlink tizimi bilan qurashda Rossiya qo‘shinlari turli vositalar va uslublardan foydalanmoqda. Taxminimcha, Rossiyaning yuqori aniqlikdagi zarbalari bilan UQK “xavfli infratuzilmasi” obyektlarini yo‘q qilish Starlinkning yerusti stansiyalariga ham tegishli. Rossiya qo‘shinlarida radioelektron kurash uchun samarali tizimlar bor va Ukraina qo‘mondonligi allaqachon aloqa tutilishlariga duch keldi: terminallar ishdan chiqmoqda - UQK bo‘linmalari “juda falokatli yo‘qotishlar”ga duch kelmoqda. Bundan tashqari, Yer orbitasidagi Star Wars reallikka aylanishi mumkin- buning uchun sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi turli samaradorlikdagi va radiofaollikdagi bir nechta tizimlar (texnologiyalar) bor. Starlink sun’iy yo‘ldosh tizimini neytrallashtirish uslublarini xitoylik o‘rtoqlar ishlab chiqarishmoqda.
Rossiya Federatsiyasining AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov juma kuni “ikki buyuk derjavalar to‘qnashuvi xavfi ancha yuqori” ekanligini aytdi va G‘arbda ham bu pozitsiyani e’tiborsiz qoldirishmadi. Xususan, Amerikaning Newsweek jurnali shunday deydi: “Rossiyaning AQShga ogohlantirishi: deeskalatsiya yoki “oqibatlar bilan to‘qnashasiz”. Demak, Starlink sistemasi va Amerikaning boshqa kosmik uydirmalari harbiy harakatlarda hech nimani o‘zgartirmaydi. New York Times gazetasining yozishicha, Ukrainadagi harbiy harakatlar sur’ati Rossiya foydasiga hal bo‘lmoqda va Kiyev rejimi tez orada beshi berk ko‘chaga kirishi mumkin. Vashington uchun 2022-yilda ushbu natija uchun o‘nlab milliard dollar sarflash va umidsizlik bilan keyingi yil uchun yana 45 milliard dollarni “xarajat qilish” shartmidi? Savol ritorik.
Starlinkning Rossiyadagi muqobili - 96 ta SR NET sun’iy yo‘ldoshlari 2024-yilda tarmoqqa keng polosali ulanish bilan Rossiya Federatsiyasining butun hududini qamrab oladi.