Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ekspert Ukrainaga “tinchlik sammiti” nima uchun kerakligini aytdi

Ekspertning fikricha, tinchlikni tiklash uchun “tinchlik sammiti” kerak emas, ayniqsa Ukraina rejimi homiyligida”.
Sputnik
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Ukrainaning “tinchlik sammiti” o‘tkazishdan ko‘zlagan niyati kattaroq moliyaviy yordamga erishish maqsadidagi Vladimir Zelenskiyning “biznesi”dir. Bu haqda RIA Novostiga Yangi davlatlar xalqaro instituti direktori Aleksey Martinov ma’lum qildi.
Kecha Ukraina rasmiylari fevral oyi oxirigacha BMT maydonida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida “tinchlik sammiti” o‘tkazishni taklif qildi. Guterrish idorasi u faqat barcha tomonlar, jumladan, Rossiya roziligi bilan vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan.

“Tinchlik sammiti” ko‘proq pul olish maqsadidagi Zelenskiyning maqsadi. Umuman olganda, ular hozir “ohangdor” va “Rojdestvo” xarakterdagi turli bayonotlar bilan yangramoqda”, - dedi u.

Ekspertning fikricha, tinchlikni tiklash uchun “tinchlik sammiti” kerak emas, ayniqsa Ukraina rejimi homiyligida”.

“Buning uchun jangovar harakatlarni to‘xtatish kerak. Yana bir narsa, unga (Zelenskiy - tahr.) kim ruxsat beradi? Bu qonli ko‘p milliardlik biznes, unda hamma u yoki bu tarzda ishtirok etadi”, - dedi Martinov.

Noyabr oyi boshida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy G‘arb OAVlari Kiyevni Moskva bilan muloqotga undayotgani haqidagi xabarlaridan so‘ng, muzokaralarni boshlash uchun respublika shartlarini aytib o‘tgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu “hududiy yaxlitlikni tiklash, BMT Nizomini hurmat qilish, barcha yo‘qotishlar uchun tovon to‘lash, har bir harbiy jinoyatchini jazolash va bunday holat boshqa takrorlanmasligiga kafolatdir”.
Shu bilan birga, Zelenskiy avvalroq Rossiyaning amaldagi rahbariyati bilan muzokara olib borishning mumkin emasligi haqidagi farmonni imzolagan edi.
Rossiya muzokaralarga tayyorligi haqida bir necha bor aytgan. Prezident Vladimir Putin barcha mojarolar diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’kidlagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya har doim Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun ochiq.
Peskov dekabr oyi boshida aytganidek, Zelenskiy agar xohlasa, mamlakatdagi jangovar harakatlar ertasi kuni yakunlanishi mumkinligini biladi.

Mavzuga oid:

Peskov Kiyev shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish imkoniyatiga munosabat bildirdi