Xitoyda Rossiyaning S-500 zenit-raketa majmuasiga yuqori baho berildi

Material muallifi S-500 havo mudofaa tizimini kelajakdagi Rossiya aerokosmik mudofaasi uchun yangi “qalqon” deb atadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Xitoyning “Sohu” portali Rossiyaning S-500 zenit-raketa majmuasini bugungi kunda dunyodagi eng kuchlisi deb atadi.

“S-400 dan so‘ng Rossiya darhol butunlay yangi S-500 havo mudofaa tizimini yaratishga kirishdi. Uning ishga tushirilishi harbiylarning zenit-raketa tizimlarini rivojlantirishga e’tibor qaratish borasidagi uzoqni ko‘zlagan qarorini aks ettiradi”, - deyiladi maqolada.

Material muallifi S-500 havo mudofaa tizimini kelajakdagi Rossiya aerokosmik mudofaasi uchun yangi “qalqon” deb atadi. Aytilishicha, bu Vashingtonning kosmik strategiyasiga kuchli javobdir.
Maqolada aytilishicha, majmua nafaqat ballistik raketalar va boshqa nishonlarni tutib olishi, balki past orbitali sun’iy yo‘ldoshlar va boshqa kosmik kemalarga ham xavf tug‘dirishi mumkin.
“S-500 Rossiya aerokosmik mudofaa tizimining asosiga aylanishi va zenit-raketa tizimlarining yangi avlodini boshqarishi kerak”, deb tushuntirdi kuzatuvchi.
Global aerokosmik raqobatning yangi bosqichida AQSh va Rossiya yana birinchi o‘ringa chiqdi, deya xulosa qildi material muallifi.
Ma’lumot uchun, S-500 ni yo‘q qilish radiusi taxminan 600 kilometrni tashkil qiladi.