Termiz aeroportidan Moskva va Peterburgga parvozlar qayta tiklandi

26 dekabrdan Termizdan Toshkent, Moskva va Sankt-Peterburgga yana parvoz qilish mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. “Uzbekistan Airways” Termizdan qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni tiklashini ma’lum qildi.
Aviakompaniya matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 26-dekabrdan Termiz-Toshkent, Termiz-Moskva, Termiz-Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi qatnovlar qayta tiklanadi.
Avvalroq Termiz xalqaro aeroporti 55 kunlik ta’mirlash ishlaridan so‘ng samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish uchun yana ochilgani xabar qilingan edi.