Termiz aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng yana ochildi - foto

Termiz xalqaro aeroporti 55 kunlik tanaffusdan so‘ng samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish uchun yana ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng yana ishga tushirildi. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Toshkent — Termiz yo‘nalishi bo‘yicha HY-65 reysi, bortida 146 nafar yo‘lovchilar bilan Termiz aeroportiga kelib qo‘ndi.
Termiz xalqaro aeroporti 55 kunlik tanaffusdan so‘ng samolyotlarni qabul qilish va jo‘natish uchun yana ochildi.
Aeroport "Termez" otkrit posle rekonstruksii
Qayta qurish doirasida uzunligi 3000 metr va eni 60 metr bo‘lgan yangi uchish-qo‘nish yo‘lagi, yurish yo‘laklari va uchta samolyot to‘xtash joyi uchun perronni o‘z ichiga olgan, yangi 4E toifali aerodrom majmuasi qurildi.
Shuningdek, aerodromga zamonaviy CAT-I ICAO yoritish uskunalari tizimi, meteorologik va radionavigatsiya qo‘nish tizimlari o‘rnatildi.

“Yangi aerodrom majmuasini qurish loyihasi 550 milliard so‘mga baholanmoqda. Ayni paytda 377 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Loyihaning yakuniy bosqichi — uchta samolyot turar joyi va ikkinchi yurish yo‘lagi 2023-yilning apreligacha yakunlanishi rejalashtirilmoqda”, - deyiladi xabarda.

Termizdagi yangi aerodromning uchish-qo‘nish yo‘lagi betondan qurilgan. Aytilishicha, bu Surxondaryo viloyatining issiq iqlimi sharoitida eng yaxshi yechim. Chunki betondan yasalgan uchish-qo‘nish yo‘lagi mustahkamroq va chidamliroqdir.
1 / 2
2 / 2
Bugungi kunga qadar faqat Navoiy va Termiz aeroportlarida betondan uchish-qo‘nish yo‘lagi qurilgan.
Eslatib o‘tamiz, Termiz aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani munosabati bilan 1-noyabr kuni yopilgan. Parvozlar vaqtincha respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga yo‘naltirilib kelingan edi.
Aeroport terminali ham rekonstruksiya qilinib, 2019-yilda foydalanishga topshirilgan.