TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov lavozimidan ozod etildi. O‘zbekiston prezidenti tegishli farmonni imzoladi.
Bobolov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgan.
Ma’lumot uchun, To‘ra Bobolov 1970-yilda tug‘ilgan. U o‘z mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyati Davlat mulki boshqarmasida hisobchilikdan boshlagan. Bobolov 2019-yil Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.
Toshkent shahar prokurori lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Ma’lumot uchun, Qosimov 2018-yilga qadar Denov tumani hokimi, 2018–2019 yillarda Surxondaryo viloyati prokurori, 2019-yil sentabrdan boshlab Farg‘ona viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.