Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainaga beriladigan Patriot’ning zaif tomonlari aytildi

Ta’kidlanishicha, Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimining zaif tomoni - past harakatchanlik.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Amerikaning Patriot havo hujumidan mudofaa tizimining zaif tomoni - past harakatchanlik, Rossiya bundan foydalanishi mumkin, deb yozadi “Forbes” sharhlovchisi Pol Iddon.
Muallifning ta’kidlashicha, Ukraina ushbu tizimdan dronlarga qarshi turish uchun foydalanishi dargumon, chunki ulardan ko‘p miqdorda foydalanish “havo hujumidan mudofaa tizimlarini yorib o‘tishga” imkon beradi.

“Patriot’ni yo‘q qilish “bir asosiy sababga ko‘ra” muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin: tizimni zarbalardan qochish uchun harakatlantirish “unchalik oson emas”, - deydi Iddon.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitta batareyani ishlatish uchun uch kishi kerak bo‘lsa-da, uni ko‘chirish va uning barcha komponentlarini sozlash uchun 90 kishi kerak bo‘ladi.
Ukrainaga Patriot yetkazib berilsa, bundan Rossiya foyda ko‘radi – ekspert
O‘tgan chorshanba kuni Vladimir Zelenskiy AQSh prezidenti Jo Baydenning taklifiga binoan Vashingtonga tashrif buyurdi va u yerda Oq uy rahbari va Kongress rahbariyati bilan uchrashdi. Uning tashrifi arafasida AQShning Ukrainaga 1,85 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilindi, unga boshqa narsalar qatori Patriot batareyasi ham kiradi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri AQSh va uning ittifoqchilari Ukraina Qurolli kuchlariga milliardlab dollarlik harbiy texnika yetkazib berdi. Moskva G‘arb mojaroni uzaytirishga intilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi xorijiy o‘q-dorilar saqlanadigan omborlar qonuniy nishonga aylanishini ma’lum qildi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘larni yetkazib berish muzokaralar jarayoniga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini eslatgan.