TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina hududidan Rossiyaning Bransk viloyatiga o‘tishga uringan ukrainalik qo‘poruvchilar guruhini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya FXX matbuot xizmati xabar berdi.
“2022 yil 25-dekabr kuni to‘qnashuvlar oqibatida Ukrainadan Bransk hududiga o‘tishga uringan to‘rt nafar qo‘poruvchi yo‘q qilindi”, - deyiladi xabarda.
Qo‘poruvchilarning yonida xorijiy qurol-yarog‘lari bo‘lgan: Germaniyaning “SIG Sauer” to‘pponcha pulemoti va uning o‘q-dorilari.
Bundan tashqari, ularda qo‘poruvchi terrorchilik aktini sodir etish uchun aloqa va navigatsiya asbob-uskunalari hamda vositalari bo‘lgan. Ukrainalik qo‘poruvchilarning umumiy vazni tortil ekvivalentida 40 kilogram bo‘lgan to‘rtta qo‘lbola portlash qurilmasi bo‘lgan.