Rossiyada migrantlar o‘rtasida narkotik bilan bog‘liq jinoyatlar ko‘paydi – Rossiya IIV rahbari

Jinoiy xatti-harakatlarning 80 foizi giyohvand moddalar savdosi hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiyada migrantlar o‘rtasida jinoyatchilikning o‘sishi qayd etilmoqda, jinoiy xatti-harakatlarning qariyb 80 foizi giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokolsev ma’lum qildi.

“Hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p, hech bo‘lmaganda Rossiya Federatsiyasiga kelgan xorijlik fuqarolar orasida jinoyatchilikning ko‘payishi masalasini olaylik. Biz ular tomonidan jinoiy ko‘rinishlarning o‘sib borayotganini ta’kidlaymiz, barcha jinoiy xatti-harakatlarning 80 foizi giyohvand moddalar savdosi hisoblanadi. Biz bu yerda nazoratni kuchaytirishimiz kerak”, - dedi Kolokolsev.

Uning ta’kidlashicha, Rossiyada 16 ta idora migrantlar mehnatidan foyda oluvchilar hisoblanadi, ammo shunga qaramay, jamiyat bu sohani faqat Ichki ishlar vazirligidan so‘raydi.

“Idoramiz orqali mahalliy hududiy organlarga barcha tegishli topshiriqlar berildi. Boshqa idoralar vakillari va ish beruvchilardan ham bunga e’tibor qaratishlarini so‘rayman”, - deya qo‘shimcha qildi vazir.