TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionatida muvafaqqiyatli ishtirok etishdi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Jahon chempionatida 20 ta davlatdan mutlaq vazn toifalarining eng kuchli jangchilari ishtirok etishdi.
Unda Rossiya, Janubiy Osetiya, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Misr, Belarus, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Iordaniya, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Livan, Pokiston, Suriya, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, O‘zbekistondan sportchilar qatnashdi.
73 kilogrammgacha vazn toifasida jahon chempioni unvoni va kamarini rossiyalik Ilgar Huseynov, 73 kilogrammdan yuqori vazn toifasida esa o‘zbekistonlik Ulug‘bek Nizomiddinov qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, musobaqda Asadbek Hikmatov va Ilos Komilov ham munosib ishtirok etishdi.
Qo‘l jangi bo‘yicha Jahon chempionati
© Sportni rivojlantirish vazirligi
73 kg gacha bo‘lgan toifa:
1. Ilgar Huseynov (Rossiya)
2. Danil Makogonov (Rossiya)
3. Vladimir Drach (Belarus)
3. Asadbek Hikmatov (O‘zbekiston)
73 kg dan yuqori toifa:
1. Ulug‘bek Nizomiddinov (O‘zbekiston)
2. Nikolay Fedanovich (Rossiya)
3. Gitinomagomed Magomedov (Rossiya)
3. Iles Komilov (O‘zbekiston)