MDH rahbarlarining norasmiy sammiti - onlayn

Sankt-Peterburg Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining norasmiy sammitiga mezbonlik qilmoqda.
Sputnik
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 26-27 dekabr kunlari MDH a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashabbusi bilan o‘tkaziladigan tadbir kun tartibidan MDH doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.
Hamdo‘stlik mamlakatlari yetakchilari joriy yilning asosiy yakunlarini sarhisob qilishlari va amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashishlari ko‘zda tutilgan.