Bu qiziq

Kunduzgi uyqu zararlimi - shifokor fikri

Kunduzgi uyqu salomatlikda ham ijobiy ham salbiy ta’sir qilishi mumkin
Sputnik
Shifokor somnolog Aleksandr Kalinkinning so‘zlariga ko‘ra, kunduzgi uyquchanlik ikki sabab tufayli paydo bo‘lishi mumkin.

“Birinchisi, kishi tunda yettidan to‘qqiz soatgacha uxlashi, ammo shunda ham uyquga to‘ymasligi mumkin. Shu bois kunduzgi uyquga ehtiyoj seziladi. Kunduzi meyordan ortiq uyqu apnoe (nafas olish harakatlarining kechikishi) harakatlarning sustlashishi, xurrak otish, gipoksiya – (organlar va to‘qimalarga yetarli darajada kislorod yetishmasligi natijasida paydo bo‘ladigan kasallik) ka olib keladi. Bunday insonlarda endokrin va yurak-qon tomir tizimida buzilishlar, hatto infarkt va insult xavfi kelib chiqishi mumkin. Shu sababli kunduzgi uyqu istagi kuchli bo‘lsa, mutaxassisga murojaat qilish kerak”, - tavsiya qiladi shifokor.

Kunduzgi uyquning yana bir sababi esa aksincha tungi uyquning yetishmasligi bo‘lishi mumkin. Bunday holatda 30 daqiqadan oshmagan kunduzgi uyqu o‘zini his qilishda, kognitiv funksiyalarni bajarishda faollikka, xotirani yaxshilashda va ishchanlik kayfiyatiga ijobiy ta’sir qilishi mumkin.
Shifokorning aytishicha, ba’zi yirik kompaniyalarda xodimlarning biroz uxlab olishi uchun maxsus xonalardan ham foydalaniladi.
Shuningdek, shifokor uzoq davom etadigan kunduzgi uyqu tungi uyquning sifatiga salbiy ta’sir qilishidan ogohlantirdi.