Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz ittifoqini yaratish ustida ishlashga tayyor – Rossiya TIV

Rossiya TIV rahbari o‘rinborsari uch mamlakatning vakolatli vazirliklari ekspertlar darajasida bu borada ish olib borishayotganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Toshkent va Ostona Moskva bilan gaz ittifoqini yaratishga oid birgalikdagi sa’y-harakatlarga tayyor. Bu haqda Rossiya TIV rahbari o‘rinborsari Mixail Galuzin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “uch tomonlama gaz ittifoqini” tuzish g‘oyasi ham Rossiya, ham uning hamkorlari – Qozog‘iston va O‘zbekiston manfaatlarini ifodalaydi.
“Ushbu sohadagi o‘zaro aloqalar mavjud energiya ehtiyojlari, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlik va aholi farovonligini ta’minlash vazifalari munosabati bilan aniq talabga ega. Rossiyaning sheriklari ushbu yo‘nalishda qo‘shma harakatlarga tayyor”, - dedi Galuzin.
Shu bilan birga Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bu g‘oyani amalga oshirish uchun hech qanday jiddiy to‘siq mavjud emasligini ta’kidladi, ammo katta tizimli ish talab etilada, avvalo ekspertlar darajasida. Uch mamlakatning vakolatli vazirliklari bu borada ish olib borishmoqda.
“O‘zbekiston Respublikasining loyihadagi ishtirokiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 9-dekabr kuni Bishkekdagi YeOII sammiti yakunidagi matbuot anjumanida ehtimoliy energetika alyansini tuzishga oid ishlar allaqachon boshlanganini ma’lum qilgandi”, - dedi Galuzin.
O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan gaz ittifoqiga oid muzokaralar davom etmoqda – Rossiya TIV