TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Mamlakatni tark etgan, lekin Rossiya kompaniyalarida ishlashda davom etayotgan fuqarolarga imtiyozlar berish noto‘g‘ri va adolatsizlik, aksincha, ularga nisbatan oshirilgan soliq stavkasi bo‘yicha soliq solish kerak, dedi Davlat Dumasi spikeri Vacheslav Volodin. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Uning eslatishicha, Rossiyani tark etgan xodimlarni qaytishga undash kerak degan fikr bor. Shu bilan birga, Volodinning so‘zlariga ko‘ra, ular allaqachon masofadan turib ishlab, “barcha afzalliklaridan bahramand bo‘lishmoqda”.
“Ular nima uchun qochib ketgani butunlay tushunarli. Xato qilganini tushungan odam allaqachon qaytib kelgan. Qolganlar tushunishi kerak: jamiyatning katta qismi ularning ishini qo‘llab-quvvatlamaydi – ular o‘z vataniga, qarindoshlari va do‘stlariga xiyonat qilganiga ishonishadi”, - deydi siyosatchi.
Uning qayd etishicha, u imtiyozlarni bekor qilish va ketgan rossiyaliklar uchun oshirilgan soliq stavkasini joriy etish zarur.
“Bu adolatli bo‘ladi. Biz qonunchilikka tegishli o‘zgartirishlar kiritish ustida ishlayapmiz”, - deya xulosa qildi Volodin.
Dumadagi “Yagona Rossiya” fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Andrey Isayev avvalroq soliq norezidentlar hukumat tomonidan belgilanadigan ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha masofadan ishlash haqida mehnat shartnomasi tuza olishini taqiqlash tashabbusi muhokama qilinayotganini aytgandi. Parlamentariy Federatsiyalar Kengashi konstitutsiyaviy qo‘mitasi rahbari Andrey Klishasning qisman safarbarlik boshlanganidan keyin mamlakatni tark etgan rossiyaliklar uchun cheklovlar joriy etilishi mumkinligi haqidagi bayonotiga izoh bergandi.
O‘tgan hafta Raqamli rivojlanish vazirligi xorijdagi xodimlar uchun IT-kompaniyalarda masofaviy ishlashni qonunchilik bilan taqiqlash g‘oyasiga qarshi chiqdi. Agentlik ish formati bo‘yicha qaror ish beruvchida qolishi kerakligini ta’kidladi.