O‘zbekistonning asosiy Yangi yil archasi MDHdagi eng baland uchinchi archa bo‘ldi

Toshkentdagi bosh archaning balandligi o‘tgan yildagidek – 35 metr.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Toshkentning bosh archasi MDH davlatlari poytaxtlarini bezab turgan Yangi yil archalari orasida uchinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Turstat” portali xabar berdi.
Bu yil O‘zbekiston va poytaxtning bosh archasi Hyatt Regency mehmonxonasi oldidagi maydonga qaytarildi. O‘tgan yili Yangi yil archasi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga o‘rnatilgan edi.
Toshkentdagi bosh archaning balandligi o‘tgan yildagidek – 35 metr.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Turkmaniston poytaxtidagi archa egalladi, uning balandligi 43 metr. Ikkinchi pog‘onadan Armanistondagi Yangi yil archasi joy oldi, uning balandligi 37 metrni tashkil qiladi.
Rossiyaning Yangi yil archasi – balandligi 27 metr bo‘lgan tirik archa – Moskvadagi Kreml maydonida tikilgan. Ammo bu Rossiyadagi eng balandi emas, negaki Krasnoyarskdagi Tatishev orolida 55 metrli archani ko‘rish mumkin.
“Turstat”ga ko‘ra, Bokuda (Ozarbayjon) – 34 metr, Dushanbeda (Tojikiston) – 30 metr, Minskda (Belarus) – 27 metr, Ostonada (Qozog‘iston) – 25 metr, Bishkekda (Qirg‘iziston) – 25 metr va Kishinyovda (Moldova) – 20 metr balandlikdagi Yangi archasi o‘rnatilgan.