Misrda basketbol o‘yini vaqtida tribuna qulab tushdi

Hodisa Qohira va Iskandariya jamoalari o‘rtasidagi bahs vaqtida yuz bergan.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Misrning Qohira g‘arbida joylashgan 6-oktabr shahridagi yopiq stadionda tribunaning qulashi oqibatida kamida 27 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Hodisa Qohira va Iskandariya jamoalari o‘rtasidagi basketbol o‘yinining so‘nggi daqiqalarida sodir bo‘lgan.
Jabrlanuvchilarning ko‘pchiligi hayot uchun xavfli bo‘lmagan sinish va qon ketish kabi jarohatlar olgan. Tomoshabinlar va sportchilar jabrlanganlarga yordam berishga harakat qilishgan.