Krasnodardagi do‘konda yirik yong‘in yuz berdi

1000 kvadrat metr maydonga yoyilgan yong‘in binodagi kiyim-kechak do‘konida boshlangan.
Sputnik
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Bugun Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Tbilisi qishlog‘idagi savdo binosida 1000 kvadrat metr maydonda yirik yong‘in yuz berdi. Hozirda alanga to‘liq o‘chirildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mintaqa prokuraturasiga tayanib.
“Hozirda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Krasnodar o‘lkasi bo‘yicha bosh boshqarmasi kuchlari tomonidan 1000 kvadrat metr maydondagi yong‘in to‘liq bartaraf etilgan. Tbilisi tumani prokuraturasi 2022-yil 25-dekabr kuni tijorat binosida sodir bo‘lgan yong‘in fakti bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi”, - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, yong‘in Tbilisi qishlog‘ining Oktabrskaya ko‘chasi 165A-uyda sodir bo‘lgan. Yong‘in o‘chirish brigadasi dispetcheriga binoning ikkinchi qavatidagi kiyim-kechak do‘konida alanga chiqqani haqida xabar keldi, degan Federal yong‘inga qarshi xizmatining yettinchi yong‘in va qutqaruv otradi boshlig‘i Yevgeniy Sherbin.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr tokining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q, deya qo‘shimcha qilgan prokuratura