TOShKENT, 24 dek — Sputnik. 2023 yil 1-yanvardan 24 ta respublika davlat boshqaruvi organining tashkiliy bo‘ysunuvi o‘zgaradi. Bu haqda prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Farmonga muvofiq, qo‘mitalar:
Davlat statistika qo‘mitasi – Statistika agentligi shaklida qayta tashkil etilib, O‘zbekiston prezidenti huzuriga o‘tkazilmoqda;
Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi – Mudofaa sanoati agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Mudofaa vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat zaxiralarini boshqarish qo‘mitasi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi – O‘rmon xo‘jaligi agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Tabiat resurslari vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Davlat soliq qo‘mitasi – Soliq qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Davlat bojxona qo‘mitasi – Bojxona qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi – Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi shaklida qayta tashkil etilib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Agentliklar:
Yoshlar ishlari agentligi – Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Prezident ta’lim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Kinematografiya agentligi – Madaniyat va turizm vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
“O‘zarxiv” agentligi – Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi – Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi – Dori-darmon va tibbiy buyumlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq vazifa va funksiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligiga o‘tkazilgan holda, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Inspeksiyalar:
Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi – Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – Suv xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda;
Boshqa organlar:
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur farmonga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tizimidagi vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.