TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Jenevadagi Biologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga a’zo davlatlarining to‘qqizinchi anjumani doirasida brifing o‘tkadi. Unda Ukraina AQSh ko‘magida biologik qurol qismlari bilan ish olib borganining dalillarini keltirdi. Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari rahbari Igor Kirillov ma’lum qildi.
“AQShning moliyaviy, ilmiy-texnik va kadrlar ko‘magida Ukraina hududida biologik qurol qismlari bilan ishlar o‘tkazilgani, o‘ta xavfli va jiddiy yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan tadqiqotlar olib borilganining hujjatlarga asoslangan dalillari taqdim etildi”, - dedi Kirillov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dadil sifatida Rossiya va boshqa mamlakatlar ekspertlari pozitsiyalari bilan video materiallar, AQSh Mudofaa vazirligining harbiy tahdidni qisqartirish bo‘yicha boshqarmasi dasturlari ishchirokchilari va guvohlarning ko‘rsatmalari namoyish etilgan.
“Ulardan biri AQSh Quruqlikdagi qo‘shinlari ilmiy-tadqiqot instituti sobiq xodimi Richard Bosher. U yana bir bir Pentagon tomonidan moliyalashtirilayotgan Ukraina biolaboratoriyalari xavfli patogenlar bilan ishlar olib borilganini tasdiqladi”, - dedi Kirillov.
Rossiya Qurolli kuchlarining radiatsiya, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari rahbari Rossiya chiqishi ko‘plab mamlakatlarni harbiy-biologik sohada Vashington bilan hamkorlik xatarlar va bunday hamkorlikni boshqatdan ko‘rib chiqish zarurligi borasida chuqurroq o‘ylab ko‘rishga undagan.