Pentagon bioloyihalarni Ukrainadan Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropaga ko‘chirapti

AQSh Afrika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan ham aloqalarni mustahkamlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Pentagon Ukraina loyihalari doirasida tugallanmagan tadqiqotlarini Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga ko‘chirmoqda. Bu haqda shanba kuni Rossiya Qurolli kuchlari Radiatsiya, kimoviy va biologik himoya kuchlari (RKBH) boshlig‘i, general-leytenant Igor Kirillov ma’lum qildi.
“Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, Pentagon Ukraina loyihalari doirasidagi tugallanmagan tadqiqotlarni faol ravishda Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlariga ko‘chirmoqda. Parallel ravishda AQSh Mudofaa vazirligining Afrika va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari – Keniya, Kambodja, Singapur, Tailand bilan hamkorligi kuchaytirilmoqda”, - deydi Kirillov.
Uning fikricha, yuqori darajadagi biologik izolyatsiyaga ega laboratoriyalari allaqachon mavjud bo‘lgan davlatlar AQSh harbiy departamentida alohida qiziqish uyg‘otmoqda.