Aripov va Mishustin bir-birini Yangi yil bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Rossiya Hukumat rahbarlari telefon orqali muloqot qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Kecha, 23-dekabr kuni Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Rossiya hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Hukumat rahbarlari Rossiya-O‘zbekiston savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qildi va turli sohalarda yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi yondashuvlarni qiyosladi. Transport-logistika sohasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Abdulla Aripov va Mixail Mishustin kirib kelayotgan yangi 2023-yil bilan bir-birini tabriklashdi.