TOShKENT, 24 dek — Sputnik. AQShda kuchli qor bo‘roni oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN telekanali xabar bermoqda.
Kanzasda hukumat uch kishi halok bo‘lganini tasdiqlagan. Kanzas-Sitida (Missuri shtati) YTH oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
Kentukkida bo‘ron uch kishining umriga zomin bo‘lgan, Ogayoda esa, shtat gubernatori xabariga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Ular yomon ob-havo tufayli sodir bo‘lgan avariyalarda qurbon bo‘lishgan.
Bundan tashqari, mamlakatda elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar boshlandi. Elektr uzatilishini kuzatib boruvchi "PowerOutage.us" sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 1 million iste’molchi chiroqsiz qolgan vaziyatlar ham bo‘ldi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 500 mingdan ortiq aholi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni boshidan kechirmoqda, shularning yarmidan ko‘pi — sharqiy Men shtati aholisidir.