TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslarga Rossiyaning davlat va munitsipal muassasalarda ishlashga ruxsat beruvchi qonun RF Federatsiyalar Kengashi tomonidan ma’qullandi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Hujjat 2024-yil 30-iyungacha amal qiladi.
Yangi qonunga ko‘ra, ikkinchi fuqaroligi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra tugatilmagan har qanday Rossiya fuqarosi davlat xizmatchisi bo‘lishi mumkin.
Aniqlik kiritilishicha, davlat va munitsipal xizmatchilar, xorijiy davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan mansabdor shaxslar va xizmatchilar 2024-yilning 30-iyuniga qadar xizmat qilishlari yoki ishga joylashishlari mumkin.
Agar ushbu sanadan keyin 5 ish kuni ichida chet el fuqaroligi tugatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmasa, ular bir tomonlama tartibda egallab turgan lavozimidan ozod etiladi.