TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Har qanday mojaro muzokaralar stolida hal qilinadi, Ukraina bilan bog‘liq vaziyatda esa, birinchi navbatda, maqsadlarga erishilgandan so‘ng maxsus harbiy operatsiyani yakunlash haqida gap bormoqda, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Albatta, har qanday mojaro muzokaralar stolida tugaydi, bu ko‘p marta aytilgan. Lekin, albatta, gap birinchi navbatda Rossiya Federatsiyasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarga erishish orqali maxsus harbiy operatsiyani tezroq yakunlashi haqida ketapti”, dedi Peskov jurnalistlarga.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin barcha qurolli to‘qnashuvlar muzokaralar bilan yakunlanishini, Kiyev buni qanchalik tez tushunsa, shuncha yaxshi ekanini aytgan edi.
24 fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.