TOShKENT, 23 dek - Sputnik. AQSh va uning ittifoqchilari Ukrainaga yetkazib bergan moliyaviy va harbiy yordami $ 100 milliardga yaqinlashdi. Lekin shunga qaramasdan Rossiya maxsus operatsiyani muvaffaqiyatli olib bormoqda, dedi Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i, armiya generali Valeriy Gerasimov, xorijiy davlatlar harbiy attashelari ishtirokidagi brifingda.
Vistuplenie nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix Sil Rossiyskoy Federatsii generala armii Valeriya Gerasimova na brifinge pered voyennimi attashe inostrannix gosudarstv.
© Ministerstvo oboroni Rossii
Gerasimov aytishiga ko‘ra, AQSh uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - Ukrainadagi harbiy mojaroni cho‘zish. Shuning uchun ular Kiyev rejimiga izchil harbiy yordam yetkazib bermoqda. "Bugungi kunda Ukrainaga yetkazib berilgan jami xorijiy moliyaviy yordam deyarli 100 milliard dollarni tashkil etdi", - dedi Gerasimov.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri G‘arb davlatlari Kiyevga 4ta samolyot, 30 dan ortiq vertolot, 350 dan ortiq tank, 1000 ga yaqin jangovar zirhli mashina, kamida 800ta zirhli avtomobil, shuningdek, 700 tagacha artilleriya tizimini topshirdi. Shuningdek 100 ta zenit-raketa tizimlari, 130 ming tankga qarshi qurollar, 5300 dan ortiq shaxsiy zenit raketa tizimi va kamida 5000 ta uchuvchisiz apparatlar yetkazib bergan.
Qurol-yarog‘ yetkazib berishda eng katta hissa AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha va Ruminiya tomonidan qo‘shilmoqda.
Vistuplenie nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix Sil Rossiyskoy Federatsii generala armii Valeriya Gerasimova na brifinge pered voyennimi attashe inostrannix gosudarstv.
© Ministerstvo oboroni Rossii
Shunga qaramasdan Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya doirasida o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarni to‘liq bajarmoqda. Xususan maxsus operatsiya boshlanganidan buyon DXR va LX hududi 5 baravar kengaytirildi.
Ayni damda jangovar to‘g‘nashuv chizig‘i 815 km masofaga cho‘zilgan. O‘tkazilgan mobilizatsiya tadbiri va yo‘lga qo‘yilgan uzuluksiz ta’minot tizimi tufayli front chizig‘ida vaziyat barqaror.
Bundan tashqari Rossiya dushman hududi ichidagi muhim harbiy infratuzilma obyektlariga yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarba bermoqda. Bu bilan Ukraina Qurolli kuchlarining qurol-aslaha va o‘q-dori omborlari yo‘q qilingan, armiya boshqaruv tizimi va g‘arbdan qurol yetkazib berish logistika tizimlari parokanda qilindi.
Vistuplenie nachalnika Generalnogo shtaba Voorujennix Sil Rossiyskoy Federatsii generala armii Valeriya Gerasimova na brifinge pered voyennimi attashe inostrannix gosudarstv.
© Ministerstvo oboroni Rossii
O‘z nutqida Gerasimov, Ukraina mojarosi qanday boshlangani haqida ham to‘xtalib o‘tdi. General aytishiga ko‘ra, G‘arb maxsus xizmatlari Ukrainada 1990-yilardan boshlab Rossiyaga qarshi kayfiyat tarbiyalashni boshlagan. 2014-yilda davlat to‘ntarilishidan so‘ng G‘arb yordamida hukumat boshiga neofashistlar va ukrain millatchilari kelgan. G‘arb ularning yordamida Ukrainani mutlaq Rossiyaga qarshi davlatga aylantirishga, mamalkatda rus tilini ta’qiqlash, unda so‘zlashadigan aholini diskriminatsiya qilish yo‘liga o‘tgan.