Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zaporojye hukumati ZAESni o‘qqa tutish kamayganini ma’lum qildi

Baliskiyning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE missiyasiga katta umidlar bog‘langan edi, biroq u hech narsa qila olmadi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya armiyasining harakatlari tufayli Ukraina Qurolli kuchlari so‘nggi paytlarda Zaporojye atom elektr stansiyasini (ZAES) kamroq o‘qqa tuta boshladi. Bu haqda Zaporojye viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yevgeniy Baliskiy ma’lum qildi.

“O‘qqa tutishlar kamroq, lekin bu Grossining xizmati emas, bu Qurolli kuchlarimizning xizmati”, - dedi u.

U faqat kuchgina dushmanni to‘xtatishga majbur qilishini ta’kidladi. Baliskiyning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE missiyasiga katta umidlar bog‘langan edi, biroq u hech narsa qila olmadi.

“Bugun biz shu vaqt ichida bo‘lib o‘tgan barcha jarayonlar, tashriflar, suhbatlar, munozaralar, BMTdagi chiqishlardan shuni tushunamizki, MAGATE tinch aholiga qarata, tinch obyektlarga qarata, atom obyektlariga qarata o‘q uzishni to‘xtatish masalalarini hal qilishga qodir emas va ular yetarli vakolatga ega emas”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Shunga qaramay, gubernator vazifasini bajaruvchining fikricha, stansiya xavfsizligini ta’minlash uchun barcha tutqichlardan foydalanish kerak.
Zaporojye AES Dneprning chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. U bloklar soni va o‘rnatilgan quvvati bo‘yicha Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasidir. Mart oyidan beri u Rossiya harbiylari himoyasida. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ta’kidlaganidek, bu yadroviy va radioaktiv materiallarning sizib chiqishining oldini olish uchun zarur.
Shu bilan birga, Ukraina qo‘shinlari stansiyani ham, qo‘shni Energodar shahrini ham muntazam ravishda o‘qqa tutmoqda.