Toshkent aeroportiga yangi direktor tayinlandi

“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi qarori bilan Mirzohid Tursunov direktor lavozimidan ozod etildi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi buyrug‘i bilan Gaipov Shukurjon Umarovich 2022-yil 21-dekabrdan boshlab “Toshkent” xalqaro aeroporti direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bu lavozimda u aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi qarori bilan aeroport direktori lavozimini tark etgan Mirzohid Tursunov o‘rnini egalladi.
O‘zbekiston Milliy universitetining siyosatshunoslik fakultetini tamomlagan Shukurjon Gaipov mehnat faoliyatini Toshkent aeroportida havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo‘limida muhandis sifatida boshlagan. 2018-yildan hozirgacha “Toshkent-1” hukumat terminali rahbari lavozimida ishlab kelgan.