Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev ishtirokidagi rasmiy tadbirlar boshlandi

Poytaxtdagi Xalqaro kongress markazida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev ishtirokidagi rasmiy tadbirlar boshlandi.
Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida mamlakatda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
V Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente nachalis peregovori v uzkom formate
Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev shohsupaga ko‘tarilishdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.
V Mejdunarodnom kongress-sentre v Tashkente nachalis peregovori v uzkom formate
Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdishdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Qozog‘iston yetakchisi prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Toshkentga kelgan edi. Tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Ta’kidlanishicha, ularning yakunida tarixiy ahamiyatga ega bitimlarning imzolanishi kutilmoqda. Prezidentlar birgalikda yirik investitsiya loyihalarini boshlab berishadi.