Mirziyoyev va Toqayev yangi kooperatsiya loyihalarini boshlab berdi

Loyihalar orasida Navoiy viloyatida kompleks va fosforli mineral o‘g‘itlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bor.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev yirik qo‘shma investitsiya va sanoat loyihalarini boshlash bo‘yicha tantanali marosimda ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar berdi.
Loyihalar orasida
Navoiy viloyatida kompleks va fosforli mineral o‘g‘itlarini ishlab chiqarishni tashkil etish,
Toshkent viloyatida logistika markazini barpo etish,
Toshkent shahrida uy-joy va tijorat infratuzilmasini qurish,
Qozog‘istonning Qo‘stanoy shahrida avtomobillar va Qarag‘andi viloyatida maishiy texnika ishlab chiqarishlar bor.
Prezidentlar loyihalarga start berib, ular nafaqat o‘zaro savdo hajmini oshirishga xizmat qilishi, balki zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini, eng muhimi, minglab yangi ish o‘rinlarini yaratishiga ishonch bildirdilar.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6