Bu yil 750 nafar o‘zbekistonlik Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi

Talabalar soni bo‘yicha Belarus yetakchilik qilmoqda - 1100 nafar abituriyent.
Sputnik
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. 2022/2023 o‘quv yilida 750 nafar o‘zbekistonlik Rossotrudnichestvo kvotasi bo‘yicha Rossiya oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirdi. Bu haqda Rossotrudnichestvo rahbari Yevgeniy Primakov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Tojikistondan ham xuddi shu miqdordagi talabalar o‘qishga kirgan. Ukrainadan esa bir oz kamroq abituriyentlar - 650, Qirg‘izistondan 500 ga yaqin.
Talabalar soni bo‘yicha Belarus yetakchilik qilmoqda - 1100 nafar abituriyent. Shuningdek, uzoq xorijdan kelgan talabalar ham bor.
“Maxsus harbiy operatsiya o‘tkazilishiga qaramay, Rossotrudnichestvo talabalarni jalb qilishda hech qanday muammoga duch kelmadi - hamma hali ham Rossiyada o‘qishni xohlaydi”, dedi Primakov.
Kelgusi yilda jami 30 000 dan ortiq chet ellik talabalar kutilmoqda. Shu bilan birga, kvotalar bo‘yicha o‘qishga kirgan LXR va DXR talabalari Rossiya fuqarolari sifatida universitetlarda o‘qishni davom ettiradi.