TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1,1 million tonnadan oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
“Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 % ga oshgan”, deyiladi xabarda.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
— Avtomobil benzini – 1,1 mln. tonna;
— Ko‘mir – 4,8 mln. tonna;
— Neft – 721,2 ming tonna;
— Gaz kondensati – 1,2 mln. tonna;
— Yengil avtomobillar – 275 677 dona;
— Avtobus – 1 125 dona;
— Yuk avtomobillari – 3 686 dona;
— Avtomobil dvigatellari – 208,8 ming dona.