TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari bir sutkada Xerson viloyati va DXRda AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan uchta Ukraina M-777 artilleriya tizimini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Xerson viloyatidagi Zelenovka va Donesk Xalq Respublikasidagi Trudovoe aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan uchta M-777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Andreyevka tumanida (DXR) S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi va Vodanogo tumanida esa (DXR) “Grad” raketa tizimining jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri hammasi bo‘lib quyidagilar yo‘q qilindi: 348 samolyot, 187 vertolot, 2691 dron, 399 zenit-raketa tizimi, 7179 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 932 raketa tizimlari jangovar texnikasi, 3696 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7693 dona maxsus harbiy avtomobil texnikalari yo‘q qilindi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.