TOShKENT, 21 dek — Sputnik. NATO qurollarini tahlil qilish va Rossiya Qurolli kuchlarini qurishda foydalanish kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Mudofaa vazirligi kollegiyasi yig‘ilishida Putin NATO kuchlari va ular qo‘llayotgan vositalar haqidagi barcha ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasiga yaxshi ma’lum ekanini aytdi.
“Sizda bularning barchasi bor va bularning barchasini sinchiklab tahlil qilish, yuqorida aytganimdek, qurolli kuchlarimizni qurish, qo‘shinlarimiz, shuningdek, ichki maxsus xizmatlarning jangovar salohiyatini oshirish uchun foydalanish kerak”, - dedi Putin.
Shuningdek, u maxsus operatsiya davomida harbiy bo‘linmalar orttirgan tajribani ham tahlil qilish zarurligini urg‘uladi.
“Ushbu maxsus operatsiya davomida bo‘linmalarimiz katta jangovar tajribaga ega bo‘ldi. Mudofaa vazirligi, Bosh shtabning vazifasi, aytganimdek, ushbu tajribani sinchkovlik bilan tahlil qilish, imkon qadar tezroq tizimlashtirish va uni shaxsiy tarkibni tayyorlash, umuman qo‘shinlarni tayyorlash va zarur jihozlar bilan ta’minlash dasturlari va rejalariga kiritishdir”, - dedi Rossiya prezidenti.