“Markaziy Osiyo mintaqasida suvning kamligi hisobga olinib, To‘xtagul suv omborining o‘ta og‘ir darajaga tushishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tomonlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi kelishuvlarga asosan Turkmaniston gazidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini Qirg‘iz Respublikasiga yetkazib berildi”, - deyiladi xabarda.
O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘iston Birlashgan yagona energiya tizimi” - 1960-yilda qurila boshlagan va 1970-yillarga kelib yaxlit konfiguratsiya hosil bo‘lgan. Uning tarkibiga 4ta respublika - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududidagi 83 ta elektr stansiyalar va 500 kV kuchlanishli liniyalar kirgan.
Energohalqa tarkibidagi generatsiyaning 30% - GESlar va 70 % - IESlar orqali amalga oshirlgan.
O‘rta Osiyo energohalqasining dispetcherlik markazi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, u ekspluatatsiya, chastota va quvvatni tartibga solish, melioratsiya va energetika masalalarini majmuali hal qilish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan.