Nukusdagi muzeyga qadimgi “Qur’oni Karim” kitobining nusxasi sovg‘a qilindi - foto

Nukus shahrida yashovchi fuqaro o‘z uyida saqlab kelgan XVIII-asrga oid “Qur’oni Karim” kitobining nusxasini muzeyga sovg‘a sifatida topshirdi.
Sputnik
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Nukusda fuqaro qadimgi “Qur’oni Karim” kitobining nusxasini muzeyga sovg‘a qildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.
“Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi yana bir eksponat bilan boyidi.
Nukus shahrida yashovchi fuqaro Baxtiyor Pirjanov o‘z uyida saqlab kelgan XVIII-asrga oid “Qur’oni Karim” kitobining nusxasini muzeyga sovg‘a sifatida topshirdi.
O‘z navbatida muzey ma’muriyati tomonidan Pirjanov Baxtiyorga minnatdorchilik bildirildi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3