Armiyaga yangi qo‘shin bo‘linmalari kerak - Shoygu

Rossiya Mudofaa vaziri maxsus operatsiya tajribasidan kelib chiqqan holda Rossiya Armiyasi tarkibida yangi bo‘linmalar tashkil qilish va ayrim bo‘linmalarni qaytadan tashkil etish zarurligini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Xerson va Zaporojye viloyatlarida, jumladan, uchta moto-o‘qchi divizionlar, Kareliyada esa yangi armiya korpusini shakllantirish zarur, dedi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Mudofaa vazirligining yakuniy kollegiyasida.
"Uchta moto-o‘qchi diviziya, jumladan Xerson va Zaporojye viloyatlarida qo‘shma kuchlar tarkibida, shuningdek, Kareliyada yangi armiya korpusini tashkil etish kerak", - dedi vazir.
Bundan tashqari, “G‘arbiy, Markaziy, Sharqiy harbiy okruglarda va Shimoliy flotda yettita moto-o‘qchi diviziyalarni yettita moto-o‘qchi brigadalar etib qayta tashkil etish zarur”, - dedi armiya generali.
"Havo-desant kuchlarida qo‘shimcha ravishda ikkita havo-desant-hujum bo‘linmasini shakllantirish kerak", - deya qo‘shimcha qildi Sergey Shoygu.