Afg‘onistonda qizlarning oliy o‘quv yurtlariga kirishi taqiqlandi

Buyruqda uni imkon qadar tezroq qo‘llash va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida vazirlikka ma’lum qilish zarurligi ta’kidlangan.
Sputnik
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon”* harakati qizlarning oliy o‘quv yurtlariga kirishini taqiqladi.

“Hukumat (toliblar) qaroriga ko‘ra, keyingi ogohlantirishgacha qizlarga oliy ta’lim taqiqlanadi”, - deyiladi Oliy ta’lim vazirligi qarorida.

Buyruqda uni imkon qadar tezroq qo‘llash va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida vazirlikka ma’lum qilish zarurligi ta’kidlangan.
“Tolibon”* avvalroq qizlarga o‘rta ta’lim olishni taqiqlagani uchun tanqid qilingan edi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afg‘onistonga ko‘maklashish missiyasi (UNAMA) bir necha bor rasmiylarni qizlarning o‘qishni davom ettirishiga ruxsat berishga chaqirgan va agar qizlarning o‘rta maktablarga borishini taqiqlash davom etsa, bu mamlakatdagi inqiroz, xavfsizlik va qashshoqlikni yanada kuchaytiradi deya xavotir bildirgan.
* terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostidagi tashkilot