TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Afg‘onistonning Zobul viloyatida noma’lum kasallik epidemiyasi qayd etildi, 80 ga yaqin odam kasallandi, ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti mahalliy Tolo News telekanaliga tayanib, xabar berdi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdul Hakim Hakimiyga ko‘ra, kasallik Shohjoy tumanida aniqlangan.
Uning ta’kidlashicha, kasal bo‘lganlar yuqori isitma va burundan qon ketish kabi alomatlarni boshdan kechirgan. Biroq shifokorlar bu qanday infeksiya ekanini aytishga hamon qiynalyapti.