Abituriyentlar yangi o‘quv yilida qaysi fanlardan test topshirishi ma’lum bo‘ldi

Yangi o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi
Sputnik
TOShKENT, 21 dek — Sputnik. O‘zbekistonda 2023/2024-o‘quv yili bakalavriat qabuli uchun fanlar majmuasi tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, vazirlik abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasini belgilangan tartibda qabul boshlanishidan 6 oy oldin tasdiqlagan.
2023/2024-o‘quv yili qabul parametrlari tasdiqlanganda yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari fan majmualari qo‘shimcha tasdiqlanadi..
Ma’lumot o‘rnida, prezidentning 279-son qarori bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos keluvchi imtihon fanlari majmuasini tasdiqlash vakolati berilgan.
Mana bu havola orqali fanlar majmuasi bilan to‘liq tanishish mumkin.